Haqida
Uning shaxsiy kapitali $300,000 dan oshgan, investitsiya portfeli esa $3,500,000+ ni tashkil qiladi. U talabalarga moliyaviy bozorlarning murakkabliklarida adashib qolmasdan, fond bozori asosida uzoq muddatli, ishonchli o‘sish yo‘lini tanlashga yordam beradi.
Abdujalil turli yondashuvlarni sinab ko‘rgan — algoritmik savdo, passiv daromad olish usullari, va pamm-hisoblar, lekin uning fikricha, barqaror natijalar “sehrli strategiyalar”da emas, balki risklarni boshqarish, sabr va moliyaviy intizomda.
Uning investitsiya yondashuvi quyidagilarga asoslanadi:
— Uzoq muddatli o‘sish va strategiya;
— Ishonchli kompaniyalarni tanlash (fundamental tahlil asosida);
— Revenue Growth, EPS, Net Income kabi moliyaviy ko‘rsatkichlarni tahlil qilish;
— Shov-shuvli investitsiyalar emas, balki tizimli fikrlash.
"Investitsiya — bu kazino emas. Bu — moliyaviy erkinlik sari ishonchli yo‘l. Sekin, lekin ishonchli", — deydi Abdujalil.
Uning asosiy maqsadi - talabalarni “qayerga sarmoya kiritish kerak” degan savoldan yiroq qilib, ularga investor kabi fikrlashni o‘rgatish. Uning darslari nazariya emas - real treyding, shaxsiy xatolar, real voqealarga tayangan yondashuv.
Nima uchun Abdujalil ustoz sifatida tanlanadi:
— Investitsiyalar bo‘yicha murakkab tushunchalarni oddiy tilda tushuntiradi;
— Shaxsiy muvaffaqiyatlar va anti-keyslarni ochiq ulashadi;
— Har bir o‘quvchining maqsadlariga mos investitsiya portfeli tuzishda yordam beradi;
— Moliyaviy savodxonlik va intizomni shakllantiradi.
“Agar siz oson pul izlayotgan bo‘lsangiz — bu yo‘l siz uchun emas. Ammo agar o‘sish, o‘rganish va mehnat qilishga tayyor bo‘lsangiz — men sizga yordam beraman,” — deydi Abdujalil Karimov.