Haqida
Hozirda Xusanboy valyuta va tovar-xomashyo bozorlarida 4 yillik tajribaga ega. U klassik strategiyalardan foydalanadi va texnik va grafik tahlilga tayanadi, ko‘rsatkichlarni minimal darajada qo‘llaydi — faqat asosiy signallarga tasdiq sifatida. Uning uslubi o‘rta muddatli savdo, ba’zan esa bozordagi vaziyat kutish va hisob-kitob qilishni talab qiladigan uzoq muddatli pozitsiyalardir.
U har kuni 1,5-2 soat davomida treydingga sho‘ng‘ib ketadi va buni murabbiylik bilan uyg‘unlashtiradi. Uning ta’limga yondashuvi amaliy, tizimli va tajribaga asoslangan. U bozorga qarashni emas, balki u bilan ishlashni o‘rgatadi: mantiq va strategiyaga tayanib fikrlash, tahlil qilish va qaror qabul qilish.
Nima uchun Xusanboy offlayn murabbiy sifatida tanlanadi:
— Ortiqcha va keraksz malumotlarsz, bosqichma-bosqich va tushunarli qilib tushuntiradi;
— Haqiqiy holatlar va o‘z xatolari bilan o‘rtoqlashadi;
— Treyderning tizimli fikrlashini shakllantiradi;
— Har bir o‘quvchiga e’tibor va qo‘llab-quvvatlash bilan ustozlik qiladi;
— Noodatiy bozor vaziyatlarini tushunishga yordam beradi.
"Treyding — bu kasb. Agar oson pul topishni istasangiz, yaxshisi boshlamang. Lekin o‘rganishga, xato qilishga va o‘sishga tayyor bo‘lsangiz — bu yo‘lda sizga yordam beraman," — deydi Xusanboy.